23 Sentabr 2024, 15:40 Jahon

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi

Turkiyaning Nevshehir provinsiyasida sayyohlar mikroavtobusi ag‘darilib ketdi.

Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi

Turkiyaning Nevshehir provinsiyasida 18 kishidan iborat sayyohlar guruhini olib ketayotgan mikroavtobus halokatga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar berdi.

Mikroavtobus Ajigel shahri yaqinida haydovchi yog‘ingarchilik tufayli boshqaruvni yo‘qotganidan keyin ag‘darilgan. Sayyohlar Kappadokiyadan Antaliyaga qaytayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida 15 nafar xorijlik sayyoh, ikki nafar haydovchi va gid jabrlangan.

Voqea joyiga tez yordam, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yuborilgan. Jabrlanganlar shahar shifoxonalariga yetkazilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mashhur yangiliklar