21 Sentabr 2024, 10:50 Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi

Novosibirskda o‘zbekistonlik migrant o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi

Joriy yilning 19-sentyabrga o‘tar kechasi Novosibirskning Leninskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi.

Bu haqida Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat bosh boshqarmasi xabar berdi. Tergovga jalb qilingan shaxs 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z hamyurtining hayotiga zomin bo‘lgan.
Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, payshanbaga o‘tar kechasi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatandoshi bilan spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng erkaklar janjallashib qolgan, ayblanuvchi sherigini taburetka bilan urib o‘ldirgan.

Jinoyat izlarini yashirish maqsadida erkak 44 yoshli tanishining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uning qismlarini qoplarga solib, suv ombori yaqinidagi kimsasiz joyga olib keta boshlagan, deyiladi Tergov qo’mitasi xabarida.

Hozirda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan bo‘lib, u qotillikda ayblanmoqda. Sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.

Mashhur yangiliklar