Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, orden elchining ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy maʼno-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun berilgan.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mukofotni bugun elchiga topshirdi.
Elchi janoblari va uning jamoasini chin yurakdan tabriklaymiz!, deb yozadi vazir.
Мавзуга оид хабарлар:
Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi