19 Sentabr 2024, 15:41 Oʻzbekiston

Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Misr elchisi Amira Fahmiy O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti.

Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Amira Fahmiyni qabul qabul qildi.

Mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmiy xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik. So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Misr ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy sur’atni alohida ta’kidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Ma’lumot uchun, elchi Amira Fahmiy 2021 yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Mashhur yangiliklar