Termizda qarzdorning qariyb 11 mlrd soʻmlik mulki auksionga chiqarildi
Mazkur ijro ishi doirasida 6 mlrd 86,788 mln soʻm kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Termiz shahrida qarzdor MChJning qariyb 11 mlrd soʻmlik ikki qavatli maishiy xizmat koʻrsatish va savdo binolari auksionga chiqarildi. Bu haqda MIB matbuot kotibi maʼlum qildi.
Majburiy ijro byurosi Termiz shahar boʻlimi ish yurituvidagi ijro hujjatiga koʻra, Termiz shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “M.” MChJ olingan kreditni oʻz vaqtida qaytarmaganligi sababli 6 mlrd 86,788 mln soʻmni undirish belgilangan.
Qayd etilishicha, mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Termiz shahar boʻlimi davlat ijrochisi Dilmurod Nazarov tomonidan garov mulki hisoblangan Termiz shahrida joylashgan “Osiyo” restorani bilan tanilgan ikki qavatli maishiy xizmat koʻrsatish va savdo binolari xatlovga olingan.
Ushbu xatlovga olingan bino mutaxassis xulosasiga asosan 10 milliard 940 million soʻm boshlangʻich narx bilan onlayn-auksion savdolariga chiqarildi, deydi MIB matbuot kotibi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, qarzdor jamiyatning 230 million soʻmga yaqin soliq qarzdorligi ham mavjud.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi