19 Sentabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Bunga ayrim ko‘chalarda tamirlash va tiklash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi.

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Toshkent shahrida 18-sentyabrdan 5-oktyabrgacha 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida 110 kv li yerosti elektr kabellarini o‘tkazish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Shu munosabat bilan 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati suratda ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.

Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari belgilanganidan ortib ketishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar