18 Sentabr 2024, 18:07 Oʻzbekiston

Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda

Respublika bo‘ylab shamolning kuchayishi prognoz qilingan.

Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda

Qozog‘istonning oltita viloyatida havo harorati 6 darajaga sovib ketishi kutilmoqda. Bu haqda sinoptiklarga tayanib, Zakon.kz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-sentyabrda respublikaning katta qismida keng ko‘lamli antisiklon ta’sirida ob-havo yog‘ingarchiliksiz saqlanib qoladi. Qozog‘istonning sharqiy, janubiy va janubi-sharqiy hududlarida frontal bo‘linishlar ta’sirida momaqaldiroq kuzatilib, yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda esa tuman tushishi kutilmoqda. Respublika bo‘ylab shamolning kuchayishi prognoz qilingan.

Sharqiy Qozog‘iston, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Abay, Ko‘stanay, Aqmo‘la hamda Jetisu viloyatining tog‘li hududlarida harorat -1 dan -6 darajagacha pasayib, ayoz bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi prognozda.

Qo‘shni respublikada sentyabr oyi aksariyat viloyatlar aholisi uchun salqin va yomg‘irli kechishi ma’lum qilingan.

Mashhur yangiliklar