O‘zbekistonda elektromobil sotuvlari nisbatan pasaydi
O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi.
O‘zbekistonda avgust oyida yengil elektromobillar segmentida sotuvlarning pasayishi kuzatildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabariga ko‘ra, oy davomida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam.
Hududlar bo‘yicha 5 ta hududda sotuvlar kamayganligi qayd etilgan, umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri kelgan, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Yangi elektromobillarning birlamchi bozorida sotuvlar bir oy davomida 53 foizga kamaydi, ikkilamchi bozorda esa pasayish 37 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda foydalanilgan elektromobillar savdosi 20 foizga oshdi.
Umumiy hisobda avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 11 foizga oshib, 102 ming donani tashkil etdi, bu 2024 yilning fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hududlar kesimida avgust oyida yengil avtomobillar savdosi bo‘yicha eng yuqori o‘sish Surxondaryo (54 foiz), Farg‘ona (25,4 foiz) va Andijon viloyatlarida (24,8 foiz) qayd etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi