18 Sentabr 2024, 12:35 Oʻzbekiston

Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Navbahor tumanida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol dalillar bilan qo‘lga olindi.

Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navbahor tumanida yashovchi K.R. hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 million so‘mga baholagan. Holat DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.

K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga 10 million so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar