18 Sentabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

YHXX harakat qachon tiklanishiga aniqlik kiritmagan.

Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

18-sentyabr kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dovon A-373 avtomobil yoʻlining 254,6 va 258 kilometrlari oraligʻida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yopilgan. Manbaga koʻra, hududda burgʻilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.

YHXX xabarida harakat qachon tiklanishiga aniqlik kiritilmagan.

Mashhur yangiliklar