Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon shahrida 286,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro R.M. “Z.h.” MChJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 286,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi Andijondagi tugʻuruqxonada homilador ayol vafot etgani aytildi Andijon viloyatida “valyutchik” qo‘lga tushdi Andijonda maktab o‘quvchisi sinfdoshini kaltakladi Andijonda tadbirkorga kredit bermagan bankdan 200 mln so‘m undirildi