Kontrabandachilar O‘zbekistondan yuzlab toshbaqani yashirincha olib chiqmoqchi bo‘ldi
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Farhod” chegara bojxona postida katta hajmdagi tirik toshbaqalarning olib chiqilishiga bo‘lgan urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Farhod” chegara bojxona posti xodimlari hamda Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi tezkor xodimi tomonidan, Bekobod shahar DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda, 400 dona toshbaqani yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi.
Mamlakatdan qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 153 dona toshbaqa borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng olingan ma’lumotlar asosida bojxona xodimlari tomonidan tadbir davom ettirilib, “Farhod” chegara bojxona post atrofida to‘xtab turgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasining yukxonasi hamda salon qismining orqa o‘rindig‘ida 4 dona qutilarga joylashtirilgan 247 dona toshbaqa borligi aniqlandi.
Tabiiy populyatsiyani saqlab qolish uchun ushbu tur Qizil kitobning yangi nashriga kiritilgan. Ayni damda 400 dona O‘rta Osiyo toshbaqalari Bekobod shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga vaqtincha saqlashga topshirildi. Keyinchalik ular tabiatga qo‘yib yuboriladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi “G‘ishtko‘prik”da fuqaro jonivorlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urindi Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner 3,5 yilga qamaldi