Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi
Toshkent shahrida rul boshqaruvini yo‘qotgan Cobalt yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketdi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16-sentyabr kuni soat 08:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan D.A. oq rangli Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan. Natijada o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt’ga urilgan.
Hodisa oqibatida oq rangli Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi