Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi
Samarqandda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar buni dars doirasida qilgani aniqlandi.
Samarqandda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar buni dars doirasida qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, holat tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi va hamkor tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan. O‘quvchilar 19-aprel kuni texnologiya darsida “Kasbim faxrim” to‘garagi mashg‘ulotlarining “Gulchilik kasbi, issiqxona gullari va dala gullari” mavzusidagi dars doirasida o‘z xohishlari bilan ushbu mikro uchastkaga gul ekmoqchi bo‘lganini tushuntirish xatlarida ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, pedagoglarning maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanayotgai tasvirlangan videolavha 8-avgust kuni olingani aniqlandi. 7-avgust kuni maktabda navbatdan tashqari pedagogik kengashi o‘tkazilgan va yig‘ilishda direktor tomonidan obodonlashtirish ishlarida xodimlarning yordam berishi taklifi kiritilgan. Obodonlashtirish ishlarida maktabdagi 50 nafar o‘qituvchidan 12 nafari o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etgan.
Ayni paytda holatni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroni aniqlash va unga qonun doirasida choralar ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi Samarqandda yuz bergan YTHda 14 yoshli qiz halok bo‘ldi Samarqanddagi YTHda ota va uning 13 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi Samarqandda ko‘p qavatli uyning tepasida basseyn qurib olgan fuqaro jarimaga tortildi