10 Sentabr 2024, 18:07 Oʻzbekiston

O‘zbekistonga qancha xorijlik davolanish maqsadida kelmoqda?

O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-iyul oylarida qancha xorijlik davolanish maqsadida kelgani aytildi.

O‘zbekistonga qancha xorijlik davolanish maqsadida kelmoqda?

O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida tashrif buyurgan. Statistika agentligi xabar qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 foizga oshgan.

2024 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston — 51 603 nafar;
  • Qozog‘iston — 7 735 nafar;
  • Qirg‘iziston — 6 218 nafar;
  • Rossiya — 1 135 nafar;
  • Turkmaniston — 587 nafar;
  • Turkiya — 24 nafar;
  • Afg‘oniston — 19 nafar;
  • Ozarboyjon — 9 nafar;
  • boshqa davlatlar — 61 nafar.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar