10 Sentabr 2024, 11:28 •Oʻzbekiston
Poytaxtning uch tumani vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi
Toshkentning uch tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentning uch tumani: Shayxontohur, Yashnobod, Sergelida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Shayxontohur, Yashnobod va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 10-sentyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Shayxontohur tumani (soat 09:00 dan 19:00 gacha)
- aholi iste’molchilari soni: “Ipakchi” MFYdagi 120 ta yerli xonadon
- “Jarariq” MFYdagi 250 ta yerli xonadon
- “Yangi Jarariq” MFYdagi 9 ta ko‘p qavatli uy
- “Beltepa” MFYdagi 26 ta ko‘p qavatli uy
- Ibn Sino 1-2-mavzesidagi 30 ta ko‘p qavatli uy
- “Zafarobod” MFYdagi 45 ta yerli xonadon
- ulgurji iste’molchilar soni: 30 ta.
Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
- aholi iste’molchilari soni: “Go‘zal” MFYdagi 600 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 400 ta xonadon
- ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta.
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha).
- aholi iste’molchilari soni: Beruniy, Xonobod, Kichik Xonobod va Sohil 1-2-ko‘chalaridagi 1238 ta yerli xonadon, Quruvchilar ko‘chasidagi 112 ta yerli xonadon
- ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54