10 Sentabr 2024, 16:15 •Oʻzbekiston
Toshkentda poyezd urib ketgan 36 yoshli ayol vafot etdi
Ayol bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Toshkent shahridagi temiryo‘l hududida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 1988 yilda tug‘ilgan ayolni poyezd urib ketgan. Poyezd ayolning orqa tomonidan kelib, uni urib yuborgan.
Joriy yilning 23 avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida fuqaroni poyezd urib ketgani aniqlangan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54