9 Sentabr 2024, 19:17 •Oʻzbekiston
Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, lektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi.
Qashqadaryo viloyatining Koson hamda Qamashi tumanlarida suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, energiya resurslariga noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Koson tumanidagi “B.I.” fermer xo‘jaligi rahbari A.F. hamda Qamashi tumanidagi “P.S.” fermer xo‘jaligi rahbari S.P. xo‘jalikning elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 349,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani sex fosh qilindi Toshkentda 6 000 litr etil spirti isteʼmolga kiritilishining oldi olindi Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi Andijon viloyatida “valyutchik” qo‘lga tushdi Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08