Jizzaxdagi shifoxonada janjal koʻtargan aka-ukalar jazolandi
Maʼlum boʻlishicha, huquqbuzarlar shifoxonaga oʻziga oʻzi pichoq bilan jarohat yetkazgan ukasini koʻrish uchun kelgan boʻlgan.
Jizzax viloyatidagi shifoxonalarning birida bezorilik qilgan aka-ukalar jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzaxdagi shifoxonalardan biriga tungi soat 23:40 atrofida turli tan jarohatlari bilan bemor olib kelingan. Bemorni koʻrishga kelgan 3 nafar shaxs u haqida maʼlumot bera olmagan hamshiralarni haqorat qilib, qabul boʻlimidagi shisha toʻsiq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindirgan.
Ulardan biri janjalga aralashgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazilgan. Bundan tashqari, aka-ukalar Ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik koʻrsatishga uringan.
Surishtiruvlar davomida shifoxonaga tan jarohatlari bilan keltirilgan bemor oʻziga oʻzi pichoq bilan jarohat yetkazgani maʼlum boʻlgan.
Huquqbuzarlarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga maʼmuriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari (4 mln 80 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, ular yuqoridagi ishlarni mastlik taʼsirida qilganini, hushyor holatga kelganidan soʻng hamma zararlarni qoplagani va hamshiralardan uzr soʻraganini bildirgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi