7 Sentabr 2024, 10:17 Oʻzbekiston

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida metall detektorlar o‘rnatiladi.

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini oʻrnatish ishlari boshlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʻuliyat va javobgarlikni talab etadi. Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʻminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini oʻrnatiladi.

Shu oʻrinda yoʻlovchilardan oʻzi va oʻzgalar xavfsizligiga befarq boʻlmasliklarini hamda xavfsiz xizmat koʻrsatilishida yaqindan yordam berishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar