Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya oltin medalni qo‘lga kiritdi
Para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasiga tarixiy 9-oltin medalni keltirdi.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ushbu dasturda qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev esa 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni band etdi.
Shuningdek, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z hisobidagi medallar sonini 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga yetkazib oldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi Server Ibragimov Paralimpiya kumush medaliga ega chiqdi