Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi
Sirdaryo viloyatida noqonuniy baliq ovlagan shaxs 20 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Xovos tumanida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Reyd davomida fuqaro T.X. tumandan oqib o‘tuvchi zovurdan ov qoidalarini buzgan holda 4 turdagi 27 ta baliqlarni ovlagani, bulardan 9 ta baliq meʼyoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar BHMning 15 baravari — 5 mln 100 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U qilmishi uchun jami 20 million 60 ming so‘m (jarima va zarar) to‘laydigan bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Sirdaryoda 6 ta mashina to‘qnashib ketdi Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi