5 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

Bo‘stonliq tumanida ko‘priqdan o‘tayotgan Jetour G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi.

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

4-sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ko‘prikdan o‘tayotgan mashina suv taqsimlash inshootiga quladi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Soat 16:00 da G‘azalkent-Chirchiq yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

Manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan olib chiqqan. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchi jarohat olmagan, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar