4 Sentabr 2024, 17:39 •Oʻzbekiston
Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bir tup terak kesgan fuqaro 8,5 million so‘m jarimaga tortildi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berishicha, Paxtachi tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida, Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududida o‘sib turgan bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari miqdorida jarima (8,5 mln so‘m) belgilandi.
Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming so‘m hisoblandi.
Мавзуга оид хабарлар:
UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53