Yarim yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirildi?
2024-yilning birinchi yarim yilligida fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirilgani ma’lum qilindi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 76 343 tonna (tirik vaznda) go‘sht yetishtirilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
2023-yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklari tomonidan tirik vaznda go‘sht yetishtirish hajmi 11,7 foizga oshganligi qayd etilgan.
Avvalroq Statistika agentligi iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxida qanday o‘zgarishlar qayd etilgani haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, go‘sht narxi iyulda 1,5 foizga oshgan.
Guruch (0,5 foiz) va kungaboqar yog‘i (1 foiz) narxida ham o‘sish kuzatilgan. Bug‘doy uni 0,3 foiz, sut 0,5 foiz, tuxum 2,5 foiz, shakar 0,3 foizga arzonlashgan.
Shuningdek, qator meva-sabzavotlar narxlarida keskin pasayish kuzatilgan. Xususan, tarvuz 43 foizga, pomidor 40,7 foiz, baqlajon 35,8 foiz, qovun 31,3 foiz, bodring 11,9 foiz, olma 5,6 foiz, kartoshka 2,6 foizga arzonlashgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentga olib kelinayotgan 1,5 tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi Qashqadaryoda 400 kg isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi Xorazmda fermerning bahsli qarzdorligi budjet hisobidan qoplanadigan bo‘ldi Rossiyada go‘sht narxi oshishi kutilmoqda Sirdaryoda ETK boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi