4 Sentabr 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
“Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” pulli yoʻllari qurilishi sanasi belgilandi
Yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun pulli yoʻllar qurilishi sanasi belgilandi.
“Toshkent–Samarqand” pulli yoʻlini qurish ishlari 2024-yilda, “Toshkent–Andijon” pulli yoʻlini qurish ishlari 2026-yilda boshlanadi. Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarorida belgilab qoʻyildi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar;
- 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi.
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
- yirik shaharlar oʻrtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pulli magistral avtomobil yoʻllarini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Toshkent–Samarqand yoʻlini qurish ishlarini 2024-yilda hamda Toshkent–Andijon yoʻlini 2026-yilda boshlash;
- yillik energiya yoʻqotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027-yil 1-iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027-yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash;
- yiliga qoʻshimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028-yilga qadar barcha maʻnan eskirgan irrigatsiya nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvlarga erishish;
- toza va doimiy ichimlik suvi bilan taʻminlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv taʻminoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028-yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalarni jalb qilish;
- 400 mingdan ortiq oʻquvchilar sigʻimiga ega zamonaviy taʻlim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sigʻimiga ega maktabgacha taʻlim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha taʻlim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish;
- ilgʻor texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi koʻp tarmoqli shifoxonalarni qurish va ularni xususiy operatorlar boshqaruviga berish.
Мавзуга оид хабарлар:
Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan mukofotlari daromad solig‘idan ozod etiladi Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli bo‘lishi mumkin Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi O‘zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi IIOda maxsus unvon uchun xizmat o‘tash muddatlari o‘zgardi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22