3 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qoʻrqdim” kabi qoʻshiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib oʻrin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining “oltin fondi”ga kiritilgan boʻlib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi, deyiladi vazirlik xabarida.

Mashhur yangiliklar