2 Sentabr 2024, 18:10 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyadagi YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatida yuzbergan YTHda 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi.

Rossiyadagi YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uchragan. Nijyegorodsk viloyati politsiyasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 1 sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli tojikistonlik haydovchi Hyundai mikroavtobusining boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng mikroavtobus to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Oqibatda uning ichida bo‘lgan 11 nafar o‘zbekistonliklarning 8 nafari halok bo‘lgan. Haydovchi va yana 3 nafar o‘zbekistonlik tan jarohatlari olgan. Xabarda haydovchi va yo‘lovchilarning ism-shariflari oshkor qilinmagan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar