30 Avgust 2024, 19:36 Oʻzbekiston

Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi

Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari chempionlari Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitovga muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonlar berildi.

Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi

30-avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Parij-2024” Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov sovrindor boʻlgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham taqdirladi. Xususan:

  • Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi leytenant Diyora Keldiyorova muddatidan oldin navbatdagi “katta leytenant” harbiy unvoni va “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi;
  • Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulugʻbek Rashitov boshlangʻich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni bilan taqdirlandi;
  • Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga boshlangʻich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni va “Toʻmaris” koʻkrak nishoni topshirildi;
  • Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
  • Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi oʻqituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan;
  • 57 kg vazn toifasida boks sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Boks federatsiyasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev, boks boʻyicha ayollar Bosh murabbiyi Elshod Rasulov, Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi oʻqituvchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Akmal Hasanovlarga “Malakali ustoz” koʻkrak nishoni berildi.

Mashhur yangiliklar