Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Yengil atletikachi Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga Paralimpiya o‘yinlarining dastlabki oltin medalini keltirdi.
Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha ayollar musobaqasi davom etmoqda.
T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
O‘zbekistonlik sportchi 5-urinishda 5,24 metr natija qayd etib o‘zi o‘rnatgan Paralimpiya rekordini yangiladi.
Ushbu natijaga turnirda qatnashayotgan hech qaysi sportchi tomonidan yangilanmadi va shunday qilib o‘zbekiston vakili Asila Mirzayorova O‘zbekiston delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni olib keldi.
Qayd etish lozimki, ushbu yo‘nalishda avvalgi Paralimpiya o‘yinlari rekordi 1996-yil Atlantada o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘rnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi — 5,07 m.
Мавзуга оид хабарлар:
Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili boʻldi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya oltin medalni qo‘lga kiritdi