30 Avgust 2024, 16:41 Oʻzbekiston

Mustaqillik bayrami kunlari avtobuslar ish tartibi ma’lum qilindi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust hamda 1,2,3-sentyabr dam olish kunlari etib belgilangan.

Mustaqillik bayrami kunlari avtobuslar ish tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust hamda 1-3-sentyabr dam olish kunlari etib belgilangan. Bu kunlarda avtobuslar qanday jadval asosida harakatlanishi ma’lum qilindi.

“Toshshahartransxizmat” AJ e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarining faoliyati dam olish kunlari, ya’ni 31-avgust va 1-, 2-, 3-sentyabr kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 31-avgust va 1-sentyabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib borishi, 2-3-sentyabr kunlari esa, dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanishi ma’lum qilingan edi.

Mashhur yangiliklar