30 Avgust 2024, 08:17 Sport

O‘zbekistonlik paralimpiadachilar musobaqani ikkita medal bilan boshladi

Kecha, 29-avgust, Paralimpiadaning birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik paralimpiadachilar musobaqani ikkita medal bilan boshladi

Parij Paralimpiadasining birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Para taekvondoda esa -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova finalda perulik Leonar Anjyelika Espinoza Karransaga 4:10 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ziyoda final yo‘lida tailandlik va neytral maqomdagi raqiblarini mag‘lub etgandi.

Para suzishda S13 klassida 100 metrga batterflay usulida Muslima Odilova (1:05.43) marraga uchinchi bo‘lib yetib kelib, dastlabki medalni — bronzani taqdim etdi. E’tiborlisi, Odilova bungacha Rio-2016da ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

 

Mashhur yangiliklar