Fuqaroga uy olib berishini aytib, chuv tushirgan shaxsdan salkam 100 mln soʻm undirildi
Andijonda MIB fuqaroni bitta mashinaning puliga chuv tushirgan shaxsdan jabrlanuvchi foydasiga 95,7 mln soʻm undirib berdi.
Andijon shahridan uy-joy olib berishni vaʼda qilib, uning ustidan chiqmagan, shuningdek, berilgan pullarni qaytarmagan shaxsdan jami 95,714 mln soʻm undirildi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Bildirilishicha, Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sh.A.dan undiruvchi I.A. foydasiga jami 95,714 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Maʼlum boʻlishicha, qarzdor Sh.A. undiruvchi I.A.ga Andijon shahridan uy-joy olib berishni vaʼda qilib, uning Cobalt avtomashinasini olgan va uning qiymati 92 mln soʻm etib kelishilgan. Oradan bir muddat oʻtgach, Sh.A. uyni olib berolmagan, shunga qaramay, kelishilgan pullarni yoxud mashinani I.A.ga qaytarib bermagan.
Holat fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudida koʻrib chiqilgan va jami 95,714 mln soʻm qarzdorlik I.A.ga toʻlab berilishi koʻrsatilgan. Ijro harakatlari davomida MIB boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Sh.A.dan undiruvchi I.A. foydasiga pullar toʻliq undirib berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi Toshkentda 363 marta qoida buzgan Spark xatlovga olindi Andijondagi tugʻuruqxonada homilador ayol vafot etgani aytildi