29 Avgust 2024, 10:48 •Oʻzbekiston
Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi
O‘zbekistonda zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderini berish soddalashtirildi.
26-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga himoya orderi berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar berdi Norma.uz.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderini YAIDXP orqali berish;
- himoya orderini elektron shaklda berish;
- himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;
- himoya orderini profilaktika inspektori tomonidan tashabbus tartibida berish.
Hujjatda himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida berilishi belgilangan. Bunda YAIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish bepul amalga oshiriladi.
1-dekabrdan boshlab bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati aniqlanganda, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi Qashqadaryoda erkak 7 yoshli o‘gay qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda Fargʻonada mast erkak profilaktika inspektorini pichoqlab oʻldirdi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22