Pavel Durovning akasi ham Fransiyada qidiruvga berildi
Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolay Durov ham Fransiyada qidiruga berildi.
Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolay Durov ham Fransiyada qidiruga berilgani aytilmoqda. Bu haqda sud hujjatiga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pavel va Nikolayni hibsga olish uchun orderlar uyushgan guruh tarkibida voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlash, tarqatish yoki ulardan foydalanishga ruxsat berishda ishtirok etganlikda ayblanib, joriy yilning 25 mart kuni chiqarilgan.
Prokuratura aka-uka Durovlarni hibsga olish orderlari yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi, chunki tergov maxfiy o‘tkazilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Parij prokuraturasining kiberjinoyatchilik bo‘limi tomonidan tergov boshlanishiga olib kelgan Telegram orqali sodir etilgan turli huquqbuzarliklar orasida bolalar pornografiyasi bilan bog‘liq jinoyatlar ham bor.
Qayd etilishicha, Nikolay Durovning qayerda ekanligi hozirda noma’lum.
Мавзуга оид хабарлар:
YTTB va YI Xorazmdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi Pavel Durov Telegram video platformaga aylanishini aytdi Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi Telegram’ga 10 ta yangi funksiya qo‘shiladi O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi