28 Avgust 2024, 13:35 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- jamg‘arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
- jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
- jamg‘arma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish
- uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
- jamg‘arma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
Jamg‘armaning 2030 yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” pulli yoʻllari qurilishi sanasi belgilandi IIOda maxsus unvon uchun xizmat o‘tash muddatlari o‘zgardi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08