Toshkentda erkak qariyb 820 mln so‘m miqdoridagi alimentni oldindan qopladi
Toshkentda erkak uch nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun oldindan jami 818 mln 895 ming 193 so‘m evaziga 1 ta uy, mashina va 2 ming dollar to‘ladi.
Toshkentda erkak aliment uchun 818 million so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirdi. Bu haqida “Daryo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, sudning 2022-yil 23-maydagi buyrug‘iga asosan qarzdor E.Z dan undiruvchi N.D foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlari ta’minoti uchun maoshining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBga o‘sha yilning 30-mayida kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan E.Z. voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun ular to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab berishlikni so‘rab ariza bilan murojaat yo‘llagan.
Shunga ko‘ra, uch nafar farzandlar voyaga yetguniga qadar ya’ni 01.07.2024 yildan 01.07.2040 yiliga qadar bo‘lgan davr uchun aliment miqdori hisoblanganda ushbu davr uchun jami 818 mln 895 ming193 so‘m miqdorida aliment miqdori vujudga kelgan.
Sudning ajrimiga asosan qarzdor E.Z tomonidan N.D foydasiga jami 818 mln 895 ming 193 so‘m evaziga 1 ta uy, Spark avtotransport vositasi va 2 ming AQSH dollari miqdorida aliment undirilib berilishi ta’minlandi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi