Janubiy Koreya ham Telegram jinsiy jinoyatlarga aloqador ekanini da’vo qilmoqda
Fransiyadan keyin Janubiy Koreya ham Telegram'ga qarshi da’volarni e’lon qildi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol raqamli maydonda jinsiy xarakterga ega jinoyatlarni chuqur tergov qilishga chaqirdi. Bunga mahalliy ommaviy axborot vositalarining Telegram chatlarida janubiy koreyalik ayollarning ochiq-oydin soxta suratlari va videolari tez-tez uchrab turishi haqida xabar berishi sabab bo‘ldi, deb yozdi Reuters.
Hukumatning ommaviy axborot vositalari regulyatori bo‘lgan Aloqa standartlari komissiyasi 28 avgust kuni yig‘ilib, bunday kontent va uni tarqatuvchilarga qarshi kurash choralarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Bu anonimlikni himoya qilishga asoslangan texnologiyani ekspluatatsiya qilish. Bu aniq jinoiy huquqbuzarlikdir, dedi prezident Yun Vazirlar mahkamasi majlisida.
Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoqlar haqida umumiy gapirib, Telegram’ni bevosita tilga olmagan.
Aytilishicha, joriy yilning dastlabki yetti oyida Janubiy Koreya politsiyasi dipfeyk yordamida sodir etilgan 297 ta jinsiy jinoyatni qayd etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 117 taga ko‘pdir.
Мавзуга оид хабарлар:
Pavel Durov Telegram video platformaga aylanishini aytdi Telegram foydalanuvchilari ogohlantirildi Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi