28 Avgust 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi
Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi.
27-avgust kuni Toshkent metropoliteni “Chilonzor” yo‘lining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi metropoliten matbuot xizmati.
Soat 19:28 lar atrofida “O‘zgarish” bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv yuz bergan va oqibatda yong‘in chiqqan.
Nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten hodimlari tomonidan o‘chirilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan.
Xabarda aytilishicha, yong‘inda hech kimga jarohat yetmagan.
Metropoliten yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanayotganini aytdi va noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24