27 Avgust 2024, 15:56 Sport

O‘zbekiston MMA bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekistonda aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

O‘zbekiston MMA bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov 26-avgust kuni Xalqaro aralash jang sanatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida joriy yilda O‘zbekistonda ilk bor aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi va tomonlar o‘zlarining tashabbus va takliflarini bildirdi.

Kerrit Braun mazkur musobaqani o‘tkazish va kelgusida ushbu an’anani saqlab qolish borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mashhur yangiliklar