Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Orif Xudoyberdiyevich Raxmonkulov tumanga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada amaldagi hokim Sarvar Sultonov lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi, u tumanni 2023-yil 31-oktabrdan beri boshqarib kelayotgandi. Iyul oyida prezident 10 ta tuman, shahar hokimlari qatorida Sultonovni ham ishdan olish bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatlagandi.
Orif Raxmonkulov 1983-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.
Mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Pop tumani hokimi o‘rinbosari To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi Chiroqchi hokimi fuqaroga qo‘l ko‘tardi Qashqadaryoda tuman hokimlari “isteʼmolchilar huquqini kamsituvchi” qarorlar qabul qilgani aniqlandi Tuman hokimlari oʻz hududlarida mahsulot koʻpaytirishga hisobdor boʻladi 10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi