27 Avgust 2024, 11:21 Oʻzbekiston

Fransiya prokuraturasi Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda

Jinoyatlar orasida uyushgan guruhlarning noqonuniy operatsiyalarini amalga oshirish uchun onlayn-platformani boshqarishda ishtirok etish ham bor.

Fransiya prokuraturasi Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda

Fransiya prokuraturasi Telegram asoschisi Pavel Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda. Bu haqda prokuratura press-relizi bilan tanishgan «Novaya gazeta Yevropa» xabar berdi.

Xususan, unga quyidagi ayblovlar qo‘yilgan:

  • uyushgan guruhlarning noqonuniy operatsiyalarini amalga oshirish uchun onlayn-platformani boshqarishda ishtirok etish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabiga binoan tergovni o‘tkazish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish;
  • voyaga yetmaganlar pornografik kontentini saqlashda ishtirok etish;
  • voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini uyushgan guruh tomonidan tarqatishda ishtirok etish;
  • giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish;
  • hakerlik hujumlari bilan bog‘liq kiberjinoyatlarga sheriklik;
  • uyushgan jinoiy guruhlarning firibgarlik faoliyatiga sheriklik;
  • kamida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatlarni sodir etish maqsadida uyushgan guruh tuzish;
  • uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan olingan pul mablag‘larini legallashtirish;
  • majburiy deklaratsiyalarsiz, maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografik xizmatlarni taqdim etish;
  • maxfiylikni ta’minlash uchun zarur bo‘lganidan tashqari kriptografiya vositalarini noqonuniy taqdim etish;
  • maxfiylikni ta’minlash uchun zarur bo‘lganidan tashqari kriptografik vositalarni noqonuniy import qilish.

Qayd qilinishicha, Durovga nisbatan tergov 8 iyulda boshlangan. U 28 avgustgacha hibsda qoladi, shundan so‘ng, prokuratura unga nisbatan ayblov e’lon qilishi yoki ozod etishi shart.

Mashhur yangiliklar