Falastin oktyabrda BRICS’ga a’zolik uchun ariza beradi
Falastinning Moskvadagi elchisi mamlakat oktyabr oyida BRICS’ga a’zolik uchun so‘rov yuborish istagida ekanini aytdi.
Falastin oktyabr oyida Qozonda o‘tkaziladigan sammitdan keyin BRICS a’zoligi uchun ariza berish niyatida. Bu haqda mamlakatning Rossiyadagi elchisi Abdul Hofiz Nofal ma’lum qildi.
Sammitdagi birinchi ishtirokimizdan keyin biz ushbu tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha so‘rov yuboramiz. Va Rossiya prezidenti Vladimir Putin sessiya to‘liq Falastinga bag‘ishlanishiga va’da berdi, shu bois ushbu sammitdan faqat ijobiy natijalarni kutmoqdamiz, deydi elchi.
Nofal, shuningdek, sammitga taklif etilganini Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash belgisi deb atadi. Xalqaro guruhning navbatdagi sammiti 22-24 oktabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadi.
BRICS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIC deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
Мавзуга оид хабарлар:
Ўзбекистон ва Эрон Фаластин муаммосини ҳал этиш бўйича фикр алмашди