O‘zbekistonda ayrim dori vositalari BFQ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi ularni ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish talablari qiyinlashgani sabab ayrim tadbirkorlar dori tarkibli mahsulotlarini BFQ va oziq-ovqat qo‘shimchalari sifatida ro‘yxatga o‘tkazgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, “Jo‘rabek laboratories” MChJ QK ishlab chiqargan “ORSA” dori vositasini boshqa tadbirkorlar BFQ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgani aniqlangan. Shuningdek, mahsulotga rasmiy BFQ ruxsatnomasi berilgan bo‘lgan.
Holatni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi o‘rgangan. Unga ko‘ra, “ KIFTI-OB DORI DARMON ” MChJ ishlab chiqargan “KIFTI ” ORSA nomli BFQ mahsuloti dori vositasi tarkibiga mos kelishi aniqlangan.
Bundan tashqari, quyidagi BFQ yo‘riqnomalarida dori vositasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, ya’ni turli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llanishi yozilgan:
- “MALIKA LABORATORIES” MChJ ishlab chiqargan “ORS”;
- “HVARA” MChJ ishlab chiqargan “ORSI MAX”,
- “VITALLY” XK ishlab chiqargan “ORSASOL” ;
- “MADINA FARM MED” MChJ ishlab chiqargan “FITA ORSA”
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, yuqorida nomlari sanalgan tadbirkorlarga vaqtincha mahsulotini ishlab chiqarishni to‘xtatish, BFQ mahsulotini barcha savdo tarmoqlaridan qaytarib olish va bu haqda vakolatli organga axborot berish yuklatilgan. Korxonalarga berilgan ruxsatnomalarni Sanepidqo‘mitaga qaytarish choralari ko‘rilgan.
Shuningdek, qo‘mita ishlab chiqaruvchilarga javobgarlik masalasini ko‘rish va bunday muammolarni bartaraf etish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi