26 Avgust 2024, 15:32 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
Dam olish kunlari Shavkat Mirziyoyevning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra:
- 31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
- 2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli);
- 3-sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
4-sentabrdan esa barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi Mustaqillik bayrami kunlari avtobuslar ish tartibi ma’lum qilindi Bayrami kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun qariyb 31 ming xodim jalb qilinadi
Soʻnggi yangiliklar
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02