24 Avgust 2024, 16:40 Oʻzbekiston

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida mast haydovchi keksa yoshdagi ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi.

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida haydovchi mast qiluvchi ichimlik ta’sirida mashina boshqarib ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 17 avgust kuni mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilib Lacetti mashinasini boshqargan haydovchi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ichki yo‘llardan birida boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ng mashina fuqarolardan biriga tegishli uyning darvozasiga zarb bilan urilgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar keksa yoshdagi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari olgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar