Samarqandda tadbirkorning 11,7 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi
Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tadbirkorning 11,7 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan “S.G.” MChJ QK taʼsischisining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “S.G.” MChJ QK sobiq rahbari N.K. korxona ombor mudirlari va kassiri A.A. bilan oʻzaro til biriktirib, korxonaning 820,8 tonna gilos mahsulotini naqd pulga sotib, jami 11,7 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi Samarqandda yuz bergan YTHda 14 yoshli qiz halok bo‘ldi