23 Avgust 2024, 15:43 •Oʻzbekiston
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli yigit javobgarlikka tortildi
Jizzax shahrida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.
2024 yil 29 may kuni “diniy muhitni sog‘lomlashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” hududida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro aniqlangan.
Joriy yil 13 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ochiq sud majlisida sudya S.Rasulov – fuqaroni aybdor deb topib, soqol o‘stirib yurishni MJtKning 184-4-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblagan.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.T. MJtKning 184-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va shu modda bilan BHMning besh baravari miqdorida (1,7 mln so‘m) jarimaga tortilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Toshkentda qoida buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
Soʻnggi yangiliklar
Xitoyda qiyin vaziyatda qolgan 40 nafarga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
26 Noyabr 2024, 19:10Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
26 Noyabr 2024, 18:22Baxtiyor Saidov yahudiy rohibining o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
26 Noyabr 2024, 17:46O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
26 Noyabr 2024, 17:10Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
26 Noyabr 2024, 16:31Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
26 Noyabr 2024, 15:56Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
26 Noyabr 2024, 15:2210 oyda 15 mingdan ortiq kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortilgan
26 Noyabr 2024, 14:43