Toshkent viloyatida 187 mln soʻmlik zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi
“Farhod” chegara bojxona postida qiymati 187 mln soʻmlik, ogʻirligi 804 gr boʻlgan zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Bekobod shahar DXX vakillari bilan hamkorlikda zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistondan qоʻshni davlatga oʻtish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan, fuqaroning qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Bojxona koʻrigi natijasida, fuqaroga tegishli boʻlgan qоʻl yuklarida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, qiymati 187 mln soʻmlik ogʻirligi 804 gr tilla va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Raqamlarga koʻra joriy yilning 7 oy davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 22 ta huquqbuzarlik holatlarda 56,3 kg zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
“G‘ishtko‘prik”da fuqaro jonivorlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urindi Kontrabandachilar O‘zbekistondan yuzlab toshbaqani yashirincha olib chiqmoqchi bo‘ldi Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi Toshkent viloyatidagi ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi