23 Avgust 2024, 08:50 Sport

Mayk Tayson Madrimov—Krouford jangi haqida fikr bildirdi

Bokschi Isroil ringda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata olganini, Krouford esa buni kutmaganini aytdi.

Mayk Tayson Madrimov—Krouford jangi haqida fikr bildirdi

Boks afsonasi Mayk Tayson o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi o‘tgan jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Terensning janggiga tashrif buyurdim. U so‘nggi ikki raundda qayta olganidan xursandman. Madrimov u uchun noqulay raqib edi.

Krouford duch kelgan raqib bilan jang qiladi degan gaplarga uncha qo‘shilmayman. Sen keyingi jangingdan mahrum bo‘lmasliging uchun ham yaxshi raqiblarga qarshi ringga ko‘tarilishing lozim. Isroil ringda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi. Krouford esa bunga ko‘nikmagandi, deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Mashhur yangiliklar